Montessori nima?

Montessori — bu bolalarni o‘z qiziqishi orqali o‘rganishga undaydigan uslub. Bu yerda bola mustaqil qaror qabul qilishni, javobgarlikni his qilishni va bosqichma-bosqich rivojlanishni o‘rganadi. Muhit esa unga erkin, lekin tartibli sharoit yaratib beradi.

Montessori mashg'ulotlari

Amaliy hayot

Bu burchakda bola kundalik hayot ko‘nikmalarini mashq qiladi: suv quyish, idish yuvish, tugma taqish, o‘z kiyimini kiyib-yechish, polni supurish kabilar. Shunday mashg‘ulotlar orqali bola mustaqillikka o‘rganadi, diqqatini jamlaydi, qo‘l-harakatlarini muvofiqlashtiradi va tartibni sevishni boshlaydi.

Sensorika

Bola dunyoni hislar orqali biladi. Shu sababli Montessori sensorika materiallari ko‘rish, eshitish, tutish, hidlash va ta’m bilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masalan, rangli kublari, turli o‘lchamdagi silindrlar, og‘irlik va shakl farqlash mashg‘ulotlari bolaning idrokini noziklashtiradi va keyingi matematik hamda ilmiy fikrlashga tayyorlaydi.

Madaniyat va san’at

Bu burchakda bola dunyo haqida keng tasavvur oladi: geografiya, biologiya, tarix, tabiatshunoslik. Bolalar globuslar, xaritalar, hayvon va o‘simlik modellari bilan ishlaydi. Shuningdek, san’at faoliyatlari orqali (chizish, bo‘yash, loy ishlari, musiqaga quloq solish) o‘zini ifoda qilishni o‘rganadi va estetik didi shakllanadi.

Til

Til burchagi bolaning nutqini, lug‘atini, o‘qish va yozishga tayyorgarligini rivojlantiradi. Montessori muhitida bolaga tovushlarni ajratish, harflarni his qilish (qumli harflar), so‘zlarni o‘qish va yozishga sekin-sekin kirib borish imkoniyati beriladi. Bola nutqini boyitadi va o‘z fikrini aniq ifodalashni o‘rganadi.

Matematika

Matematika burchagi bolaga sonlarni tushunishni amaliy tajriba orqali o‘rgatadi. Dastlab bola raqamlarni qo‘llari bilan his qiladi (masalan, qumli raqamlar, munchoqlar orqali sanash). Keyin esa qo’shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish tushunchalarini konkret materiallar bilan amalda ko‘radi. Shunday qilib, matematika bola uchun qiyin emas, balki qiziqarli va tushunarli bo‘lib qoladi.

Afzalliklarimiz

Nimaga aynan Turon montessori?
  • Kichik va aralash guruhlar

    3–6 yoshdagi bolalar birgalikda shug‘ullanadi. Kattalar kichiklarga yordam beradi, kichiklar esa ulardan o‘rnak oladi.
  • Tajribali ustozlar

    Barcha o‘qituvchilar oliy ma’lumotli va professional Montessori kurslarini tamomlagan.
  • Xavfsiz va sog‘lom muhit

    Tabiiy, bolaga zararsiz materiallar, sog‘lom ovqatlanish va qulay sharoit.
  • Chet tillari

    O‘zbek tilidan tashqari ingliz va rus tillarida ta’lim.
  • Qo‘shimcha qulayliklar

    Ota-onalar uchun individual uchrashuvlar va bolaga moslashgan dastur.
  • Adaptatsiya jarayoni

    Har bir bola guruhga qo’shilishidan avval, unga muhitga moslashish darslari individual tarzda o’tiladi.
«Farzandingiz baxtli, mustaqil va o'ziga ishongan ruhda kamol topishi uchun unga kerakli yo’lni topishiga hissa qo'shamiz »
Qabul jarayoni va shartlari
Yosh chegarasi
Kamida 3–6 yoshli bolalar qabul qilinadi

3 yoshga to'lmagan bolalar qabul shartlari
Adaptatsiya jarayoni
To‘liq guruhga qo‘shilishdan oldin
adaptatsiya darslari o‘tiladi.

Haftada 2 marta, 1 soatdan

mashg‘ulotlar

Mashg'ulotlarni boshlash
Adaptatsiya darslaridan keyin maxsus dars jadvalimiz asosida o'rgatiladi. Guruhni ichida individual holatda har bir bolaga alohida dars bo’ladi.
Turon montessoridan lavhalar

Farzandingiz kelajagi uchun qadam tashlang

Har bir bolaning hayoti biz uchun juda muhim
Bepul konsultatsiya olish uchun ro'yxatdan o'ting
Ro‘yxatdan o‘tish orqali siz bizning Maxfiylik siyosatimizga rozilik bildirasiz.
Biz bilan bog'lanish uchun:
Aloqa uchun: +998 95 033 93 28
Gmail: turonmontessori@gmail.com
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Farobiy 212G. Mo’ljal: Chig’atoy bozori
Made on
Tilda